AOKAda tashkil etilgan matbuot anjumanida «O‘zbektelekom» AK bosh direktori o‘rinbosari Alisher Zafarov chekka qishloqlar va tog‘li hududlardagi, umuman respublikadagi jami maktablar qachon sifatli internet bilan to‘liq ta’minlanishi haqidagi savolga javob berdi:
«Mo‘ljalimiz bo‘yicha, bu ishni keyingi yilning oxirigacha cho‘zmaslik chorasini ko‘ramiz.
O‘rganishlarimiz natijasida ayrim ta’lim muassasalari juda ham uzoqda joylashgani aniqlangan. Optik tolali aloqa liniyalarini har bir maktabga olib borishni maqsad qilib qo‘yganmiz.
Har bir ob’ekt bo‘yicha to‘liq ma’lumotga egamiz. Qanaqa texnologiya, qanday yo‘nalish orqali, optik tolami yoki sun’iy yo‘ldosh vositasidami, xullas masalaning hamma tomonlarini o‘rgangan holda, ushbu vazifani albatta bajaramiz».