Bugun 11 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Maktablar oldida o‘quvchilarni xavfsiz tushirish va olib ketish zonalari tashkil etilmoqda

Maktablar oldida o‘quvchilarni xavfsiz tushirish va olib ketish zonalari tashkil etilmoqda

Yo‘l harakatini tashkil etish markazi hamda tegishli tashkilotlar hamkorligida Toshkent shahrida maktablar atrofida yo‘l harakati xavfsizligini oshirish maqsadida bolalarni transport vositasidan xavfsiz tushirish va olib ketish uchun maxsus to‘xtash joylari tashkil etish ishlari boshlandi.

Dastlabki bosqichda bunday zonalar:

— Yunusobod tumanidagi 5-sonli maktab;

— Shayxontohur tumanidagi 42-sonli maktab oldida tashkil etildi.

Mazkur hududlarda transport vositalarining qisqa muddatga tartibli to‘xtashi uchun tegishli yo‘l belgilari o‘rnatilib, yo‘l chiziqlari chizildi.

Ushbu yechim, avvalo, maktabga kelayotgan o‘quvchilarning xavfsizligini ta’minlash, bolalarning avtomobildan bevosita qatnov qismiga tushib qolishining oldini olish, maktablar oldida tartibsiz to‘xtashlarni kamaytirish hamda ertalabki va dars tugaydigan vaqtdagi transport harakatini tartibga solishga xizmat qiladi.

Shuningdek, maxsus zonalar ota-onalarga farzandlarini xavfsiz va belgilangan joyda tushirish yoki olib ketish, piyodalar va boshqa transport vositalari harakatiga xalal bermaslik imkonini yaratadi.

Ayni paytda poytaxtning boshqa maktablari oldida ham shu kabi to‘xtash zonalarini tashkil etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Kiritildi: 19:28 09.09.2026. O'qildi: 436 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!