Bugun 7 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Maktab o‘quvchilarini kasb-hunarga o‘qitishda tadbirkorlarni jalb etish tartibi belgilandi

Maktab o‘quvchilarini kasb-hunarga o‘qitishda tadbirkorlarni jalb etish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (78-son, 11.02.2025 y.) bilan “O‘quvchilarni kasb-hunarga o‘qitishda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari va tadbirkorlik sub’ektlarining o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

✅ Nizom o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘qitishda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bilan tadbirkorlar va hunarmandlarning o‘zaro hamkorlik qilish tartibini belgilaydi.

📜 Nizom quyidagilarni nazarda tutadi:

▪️umumiy o‘rta ta’lim muassasalari va tadbirkorlar o‘rtasidagi hamkorlik yo‘nalishlari;

▪️umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘qitishni tashkil etish tartibi;

▪️tadbirkorlar tomonidan maktablarda kasb-hunar to‘garaklarini tashkil etish asoslari;

▪️umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining bo‘sh turgan binolarini tadbirkorlarga ijaraga berishda umumiy o‘rta ta’lim muassasasi va tadbirkorlarning majburiyatlari.

📚 Kasb to‘garaklariga kasbga qiziqishi bo‘lgan 7–11-sinf o‘quvchilari jalb etiladi.

▶️ 2025 yildan 8-sinf o‘quvchilari uchun sanoat, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, agrotexnologiya sohalaridagi korxona va tashkilotlarga ekskursiyalar tashkil etiladi.

🎓 2024/2025 o‘quv yili yakunigacha maktablar bitiruvchilarini egallaydigan kasb-hunari bo‘yicha amaliy imtihondan o‘tkazish va ularga elektron sertifikat berish tartibi joriy etiladi.

Kiritildi: 15:34 12.02.2025. O'qildi: 1068 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!