Bugun 12 sentyabr, 2025 yil, juma

КИР

Maktab ta’limida transport va infratuzilma muammolari muhokama qilindi

Maktab ta’limida transport va infratuzilma muammolari muhokama qilindi

Yig‘ilish kun tartibidagi navbatdagi masala — maktab ta’limi bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi paytda olis hududlardagi 74 ming o‘quvchi maktabga 5-7 kilometr uzoqlikdan qatnab kelmoqda.

Shu bois:

  • Qashqadaryo va Surxondaryo hokimliklari masalani hal etish maqsadida mablag‘ ajratib, 100 ta maktabda bepul avtobus qatnovini yo‘lga qo‘ydi.

  • Samarqand va Jizzax hokimlari ham bir oy ichida 100 ta maktabga shunday avtobus qatnovini tashkil qilish tashabbusi bilan chiqdi.

Yig‘ilishda bu tashabbus qolgan hududlar uchun ham namuna sifatida baholandi.

Shuningdek, oxirgi uch yilda iqtidorli o‘quvchilar uchun 201 ta ixtisoslashgan maktab tashkil qilingani qayd etildi. Biroq, 12 ta ixtisoslashgan maktabda qurilish-ta’mirlash ishlari hali yakunlanmagan.

Tegishli hokimlarga bu ishlarni yil yakuniga qadar to‘liq yakunlash topshirig‘i berildi.

Kiritildi: 14:27 09.09.2025. O'qildi: 543 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!