Qonunchilik palatasida muhokama qilingan 2025 yil uchun Byudjetnoma loyihasida maktab darsliklarining ijara to‘lovini qaytarish taklif etildi .
2−11-sinf o‘quvchilari uchun to‘plam to‘lovi 80 ming so‘mni tashkil etishi mumkin. Bu davlat byudjetiga tushadigan yukni taxminan 376 milliard so‘mga kamaytirish imkonini beradi.
Yalpi majlisda «Milliy tiklanish» partiyasi yetakchisi Alisher Qodirovning nutqi quyidagi tezislardan iborat bo‘ldi:
➖ ta’lim tizimiga katta mablag‘ ajratilgani mutlaqo to‘g‘ri va biz buni qo‘llab-quvvatlaymiz;
➖ yaxshi o‘qituvchilar ko‘proq, yomon o‘qituvchilar kamroq oladigan o‘qituvchilar uchun raqobatli tizim yarataylik. Bu o‘qituvchilarga o‘zaro raqobatlashish imkonini beradi;
➖ raqobatga bardosh bera olmaydigan o‘qituvchilar kamroq maosh olib, tizimni tark etsin, bizning bolalarimiz bundan yaxshiroq narsaga loyiq;
➖ maktab ta’limi vazirligiga samaradorlikni oshirish uchun tizim ishlab chiqishni taklif qildik;
➖ maktablarning o‘zida byudjetdan moliyalashtiriladigan bepul sport, texnika va til to‘garaklari bo‘lishi muhimdir;
➖ ta’lim-tarbiya tizimidagi islohotlarda muvaffaqiyatga erishmasak, barqaror rivojlanishning oddiy maqsadlariga ham erisha olmaymiz.