Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Maktab bitiruvchilarining grantga kirishi 5 baravar oshdi

Maktab bitiruvchilarining grantga kirishi 5 baravar oshdi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yilda 619 nafar bitiruvchi imtihondan eng yuqori — 189 ballni to‘pladi.

Davlat granti kvotasining 84,2% (29 881 nafar) joriy yil bitiruvchilariga to‘g‘ri keldi.
Maktab bitiruvchilarining OTMga qabul qilinishi oxirgi uch yilda 3,5%ga oshdi.

Bu yilgi 438 869 nafar bitiruvchidan 75% test sinovlarida qatnashdi. Ularning 25,8% (113 176 nafar) davlat OTMlariga o‘qishga kirdi.

🌍 Hududlar kesimida:
Navoiy — 48,4%;
Buxoro — 38,2%;
Jizzax — 32,4%.
Eng yuqori o‘rtacha ball: Buxoro viloyati — 96 ball.

Shu bilan birga, imtihonga kirgan 614 768 nafar abituriyentning 41,29%i minimal o‘tish balli (56,7 ball)ni to‘play olmadi.

Kiritildi: 10:07 06.09.2025. O'qildi: 1195 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!