Fransiya prezidenti bu haqda mamlakat Qurolli kuchlariga qilgan murojaatida e’lon qildi.
Makronning ma’lum qilishicha, 2027 yilda mudofaa uchun 64 milliard yevro ajratiladi – bu 2017 yildagi ko‘rsatkichdan ikki baravar ko‘p. U aslida harbiy byudjetni 2030 yilgacha ikki baravar oshirish rejalashtirilgani, ammo bu maqsadga 2027 yildayoq erishilishini bildirgan.
Rejaga ko‘ra, 2026 yilda mudofaa uchun 3,5 milliard yevro, 2027 yilda esa yana 3 milliard yevro qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi.
Makron, ayniqsa, o‘q-dorilar zaxirasini to‘ldirish, uzoq masofali artilleriya qurollarini yangilash, yuqori aniqlikdagi qurollarni rivojlantirish, dronlar sonini oshirish zarurligini ta’kidlagan. U shuningdek, Fransiyaning havo hujumidan mudofaa tizimini kuchaytirish va kosmik sohadagi salohiyatni oshirishga chaqirdi.