"Katta yettilik" (G7) davlatlari rahbarlari Yaqin Sharqdagi nizoning jahon neft bozorlariga ta’siriga qaramay, Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yumshatish imkoniyatini rad etdilar. Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ma’lum qildi.
"Biz ushbu G7 uchrashuvida yuzaga kelgan vaziyat Rossiyaga qarshi amaldagi sanksiyalarni bekor qilishni hech qanday tarzda oqlamasligini ham bildirdik", — dedi u G7 yetakchilarining onlayn-uchrashuvi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida. Uning so‘zlaridan "The European Conservative" nashri iqtibos keltirgan.