Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Makron va Starmer kelgusi haftada Vashingtonga boradi

Makron va Starmer kelgusi haftada Vashingtonga boradi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer kelgusi hafta Vashingtonga tashrif buyurib, AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashadi.

Tramp dushanba kuni Makron bilan, payshanba kuni Starmer bilan uchrashadi, dedi Oq uy matbuot kotibi Karolin Livitt.

Tashrif oldidan har ikki Yevropa yetakchisi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan gaplashib, Yevropada barqaror tinchlikni ta’minlash uchun ishonchli xavfsizlik kafolatlari zarurligini ta’kidladi.

Uchala yetakchi Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroga barham berish uchun tinchlik muzokaralari istiqbollarini muhokama qiladi, — dedi AQSh milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Mayk Uols.

Evropa yetakchilari 17 fevral kuni Parijda favqulodda sammit o‘tkazish uchun yig‘ildilar, chunki AQSh Yevropa ishtirokisiz Rossiya bilan tinchlik muzokaralarini olg‘a surmoqda. 19 fevral kuni kengroq uchrashuv bo‘lib o‘tdi, shundan so‘ng Makron Fransiya va uning ittifoqchilarining Ukraina bo‘yicha “mushtarak” pozisiyasini yana bir bor tasdiqladi.

Kiritildi: 18:55 22.02.2025. O'qildi: 944 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!