Emmanuel Makron Muhammad bin Salmon bilan telefon orqali suhbat o‘tkazib, Yaqin va O‘rta Sharqdagi vaziyatni muhokama qildi.
Makronning ma’lum qilishicha, suhbat davomida u AQSh va Eron o‘rtasidagi vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini qo‘llab-quvvatlagan.
Fransiya prezidenti ushbu vaqtinchalik tinchlik rejimi to‘liq hajmda amal qilishi va kechiktirmasdan Livanga ham kengaytirilishi kerakligini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mintaqadagi barqarorlik uchun barcha tomonlar kelishuv shartlariga rioya qilishi muhim ahamiyatga ega.