Bugun 10 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Makron va Anri Peresni ko‘ndira olmadi

A A A
Makron va Anri Peresni ko‘ndira olmadi

Emmanuel Makron va Florentino Peres Kilian Mbappening Olimpiadadagi ishtirokini muhokama qilishdi.

Seshanba kuni Parijda FIFA tashkil topganining 120 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Bayram davomida “Real Madrid” prezidenti, Fransiya prezidenti, Fransiya olimpiya terma jamoasi ustozi Tyerri Anri va Fransiya futbol federasiyasi rahbari Filipp Diallo Mbappening Olimpiya turnirida ishtirok etish imkoniyatlarini muhokama qilishdi.

Taxminlarga ko‘ra, Kilian "PSJ"dan ketganidan keyin "Real"ga o‘tadi, Madrid klubi esa o‘z futbolchilarini Olimpiadaga qo‘yib yuborish niyatida emas.

Guruh muhokamasidan so‘ng Makron va Peres besh daqiqa davomida bu masalani yakka tartibda muhokama qilishdi. L'Equipe nashrining yozishicha, Fransiya prezidenti "Real" rahbarini ishontira olmagan. Biroq vaziyatdan xabardor tomonlar vaziyat o‘zgarishi mumkin, deb hisoblamoqda.

Kiritildi: 15:31 22.05.2024. O'qildi: 1561 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!