Bugun 22 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Makron Ukraina uchun ishonchli xavfsizlik kafolatlarini berishga chaqirmoqda

A A A
Makron Ukraina uchun ishonchli  xavfsizlik kafolatlarini berishga chaqirmoqda

Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron Bratislavadagi Globsec xavfsizlik forumida nutq so‘zlab, G‘arbni Ukrainaga aniq va ishonchli xavfsizlik kafolatlarini berishga chaqirdi, deb xabar berdi 31-may, chorshanba kuni AFP.

Makronning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina bugun Yevropani himoya qilmoqda. Shuning uchun men kelgusi haftalarda buni jamoaviy muzokaralar mavzusiga aylantirish tarafdoriman,dedi Makron.

Unga ko‘ra, Ukrainaga “Isroilga taqdim etilgan xavfsizlik va NATOga to‘laqonli a’zolik o‘rtasida nimadir” taklif qilinishi mumkin.

“Bugun biz Ukrainaga samarali qarshi hujumni amalga oshirish uchun har tomonlama yordam berishimiz kerak. Bu biz hozir qilayotgan ish. Biz sa’y-harakatlarimizni faollashtirishimiz kerak, chunki keyingi bir necha oy ichida sodir bo‘ladigan voqealar hatto mustahkam tinchlik uchun ham imkoniyat yaratadi”, — dedi Makron.

Kiritildi: 23:27 31.05.2023. O'qildi: 1777 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!