Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer, Germaniya Federativ Respublikasi kansleri Fridrix Mers va Polsha Bosh vaziri Donald Tusk Kiyevga tashrif buyurdi.
Bu haqda "STRANA.ua" xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, ular Ukraina poytaxtidagi temir yo‘l vokzalida ko‘zga tashlangan.
Ilgari Mers, Makron va Starmerning Kiyevga yo‘l olganliklari xabar qilingan edi. Yo‘l davomida ularga Tuskning ham qo‘shilishi kutilayotgan edi.