Bugun 29 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Makron saylovlar arafasida kamgap bo‘lib qoldi

Makron saylovlar arafasida kamgap bo‘lib qoldi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron saylovlar arafasida Ukraina haqida gapirishni bas qildi. Bu haqda RIA Novosti "Le Monde" nashriga tayanib xabar berdi.

“Parlamentning tarqatilishi natijasida yuzaga kelgan zilzila nafaqat Ukraina muammosini orqaga surdi, balki uni Yevropa saylovlari masalalaridan biriga aylantirmoqchi bo‘lgan Makronni kamgap qilib qo‘ydi”, — deyiladi nashrda.

Maqolada qayd etilishicha, saylovlarda hukmron bo‘lgan ikki blokda – “Yangi xalq fronti” va “Milliy birlashma” partiyasida Ukraina masalasi deyarli unutilgan.

Iyun oyida Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron Parij Mirage 2000-5 qiruvchi samolyotlarini Kiyevga topshirishini va yil oxirigacha ukrainalik uchuvchilarni tayyorlashni tashkil etishini aytgan edi.

Kiritildi: 00:18 26.06.2024. O'qildi: 1280 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!