Fransiya prezidenti Emmanuel Makron RTL radiosiga bergan intervyusida Rossiya va Yevropa hozir qarshilik holatida ekanini bildirdi.
“So‘nggi yillarda Rossiya bilan qarshilik yangi bosqichga ko‘tarildi”, — dedi Makron.
Fransiya rahbari so‘zlariga ko‘ra, Yevropa “kuchga daxlsizligini” namoyish qilishi kerak. Shuningdek, Fransiya va boshqa Yevropa davlatlari Rossiya ballistik raketalari masofasi doirasida ekanligidan xavotir bildirdi.