Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Grenlandiyaga kelgan fransuz harbiylari qo‘shimcha quruqlik, havo va dengiz kuchlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini ma’lum qildi.
"Fransiya harbiylarining birinchi jamoasi allaqachon joyida va yaqin kunlarda quruqlik, havo va dengiz vositalari bilan kuchaytiriladi," - deya uning so‘zlarini keltiradi BFMTV.
Makronning qo‘shimcha qilishicha, yevropaliklar Grenlandiya uchun "alohida mas’uliyatga ega," "chunki bu hudud Yevropa Ittifoqiga tegishli".