Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ommaviy tartibsizliklarni to‘xtatish va do‘konlar, ma’muriy binolar hamda shahar markazlarini himoya qilish maqsadida yaqin kunlarda ruxsatsiz namoyishlar o‘tkazilishini taqiqlash bo‘yicha choralar ko‘rilishini bildirdi.
«Yaqin kunlarda namoyishlar o‘tkazmaslik umumiy tavsiya hisoblanadi», — dedi Makron maxsus xizmatlar vakillari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda.
Shu bilan birga, kasaba uyushmalarining aksiyalari butunlay taqiqlanmaydi. Ularga namoyishlar uchun muqobil yo‘nalishlar taklif etiladi.
Makron 17 oktyabrda yuz bergan ommaviy tartibsizliklar uchun uyushgan o‘ta so‘l guruhlarni aybladi. U ularning harakatlarini «isyonkorlik» deb atab, Respublika tuzumini ag‘darishga qaratilganini ta’kidladi.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, siyosiy maqsadlardagi harakatlardan tashqari, talonchilik va vandalizm holatlari ham kuzatilgan. Hukumat bunday qonunbuzarliklarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rishni rejalashtirmoqda.