Fransiya ichki ishlar vaziri Loran Nunes mamlakatdagi norozilik namoyishlari fonida iste’foga chiqishga uringan. Biroq prezident Emmanuel Makron uning arizasini qabul qilmagan. Bu haqda BFMTV xabar berdi.
Makron vazirdan namoyishlar ishtirokchilariga nisbatan qo‘llanilayotgan choralarni qayta ko‘rib chiqishni so‘ragan.
Shuningdek, prezident maxsus xizmatlar faoliyatini ichki tahlil qilish, xavfni o‘z vaqtida baholay olmaslik va zo‘ravonlik bilan kechgan tartibsizliklarning oldini olishdagi kamchiliklarni aniqlash vazifasini topshirgan.