Xabarlarga ko‘ra, jarohatlanganlar orasida to‘rt nafar polisiyachi bor.
Mahalliy Ichki ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, portlovchi qurilmalar oldindan aniqlangan — bombalardan biri chiqindi qutisiga, boshqasi esa mehmonxona yaqinidagi mashinaga joylashtirilgan bo‘lgan, biroq sapyorlar ularni zararsizlantirishga ulgurishmagan.
Elisey saroyi Makronning "sog‘-salomat" ekanligini va Suriyaga tashrifini davom ettirayotganini ma’lum qilmoqda.
Avvalroq, Suriya davlat ommaviy axborot vositalari Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Suriya prezidenti Ahmad ash-Shar’ Damashqda xavfsiz ekanligini tasdiqlovchi kadrlarni e’lon qilgan edi.