Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqiga qaytishi ham mamlakatning o‘zi, ham butun Yevropa uchun juda yaxshi xabar bo‘lar edi.
Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Madridda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
«Xush kelibsiz! Menimcha, bu uning mamlakati uchun ham, yevropaliklar uchun ham juda yaxshi xabar bo‘lar edi», — dedi Makron.
Avvalroq Buyuk Britaniya bosh vaziri Endi Byornem mamlakatning Yevropa Ittifoqidan chiqishi foydadan ko‘ra ko‘proq zarar keltirganini, jumladan, migrasiya ustidan nazoratni kuchaytirish borasida kutilgan natijani bermaganini aytgan edi.
Byornem Britaniyaning kelajakda Yevropa Ittifoqiga qaytishi ehtimolini ham istisno qilmadi.