Makron xalqaro hamjamiyatning vaziyatga munosabatini tanqid qilib, G‘azoda yuz berayotgan voqealarni «barchamizni sharmanda qilayotgan tomosha» deb atadi.
Fransiya prezidenti gumanitar koridorlar ochilmagani fonida «tinchlik» haqidagi bayonotlar samarasiz ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, Makron Iordan daryosining bosib olingan G‘arbiy sohilidagi isroillik noqonuniy ko‘chib keluvchilarning falastinliklarga nisbatan zo‘ravonligini qoraladi.