Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Makkadagi o‘zbekistonlik ziyoratchilar Qadr kechasini qanday o‘tkazishdi?

Makkadagi o‘zbekistonlik ziyoratchilar Qadr kechasini qanday o‘tkazishdi?

Umra Baytullohning ziyoratidir. Ka’batulloh Odam alayhissalom davrida qurilgan. Keyinchalik, Ka’bani Ibrohim alayhissalom o‘g‘illari Ismoil alayhissalom bilan qayta barpo etganlar.

O‘shandan buyon Baytullohni tavof qilgani keladilar. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v)ning o‘spirinlik yillari Kuraysh qabilasi Ka’bani yana bir bor qayta qurdilar. Unda ishtirok etgan Rasululloh o‘z qo‘llari bilan qora tosh ─ Hajap-ul Asvodni qo‘yganlar.Butun yer yuzi musulmonlari Ka’bani tavof qilish, Hajap-ul Asvodga yetishish orzusida Makkaga intiladilar.

Avvalgi yillarda O‘zbekistondan bu muqaddas dargoh ziyoratiga sanoqligina kishilar yuborilar edi. Mana, ikkinchi yildirki, Umra ziyoratiga hech qanday cheklov yo‘q. Ramazonning uchinchi o‘n kunligidagi Qadr kechasini hamjihatlikda qarshilash va toat-ibodatda bo‘lish uchun shu kecha-kunduzda bir necha ming yurtdoshimiz Ka’batulloh poyida yurtga tinchlik va istiqbol, xalqqa farovonlik, oilaga qut-baraka tilab turibdilar. Madina va Makka shahridagi nufuzli mehmonxonalar ular ixtiyorida. Ishchi guruhi ziyorat qulay va samarali o‘tishi uchun zarur sharoitlarni yaratgan.

─ Men bir umr Ka’batullohni tavof qilish orzusida yashadim, ─ deydi farg‘onalik Zuhra Aliyeva. Davlatimiz biz kabi insonlar orzusiga qanot berdi. Hozir har kuni Toshkentdan Jiddaga bitta samolyotda ziyoratchi yurtdoshlarimiz kelishmoqda. O‘n kun men uchun bir umrga teng bo‘ldi. 

Payg‘ambarimiz ravzalari ziyorati, Baytulloh tavofi, ayniqsa, Qadr kechasida duolar nasib etganligi baxtdir.

Bugun Makka va Madinada qaysi o‘zbekistonlik bilan uchrashmang shukronalik izhor qiladi. Zero, birgina Ka’ba va uning atrof binolarida 2 million kishiga namoz uchun joy yaratilgan bo‘lsada mahalliy matbuotning ta’kidlashicha, bu yilga qadr kechasiga dunyo mamlakatlaridan kelgan 2-2,5 million ziyoratchi va bir million saudiyaliklar bahamjihatlikda yaratgan uchun ibodatda bo‘ldilar.

Ka’ba sahni, uning 4 qavatli son sanoqsiz binolari haram atrofiga bir, bir yarim kilometrdagi ko‘cha maydonlari, hatto yirik supermaketlar ichki sahnida ham joy qolmadi. Harorat 40-42 darajadan oshgan. Shunday bo‘lsa ham ko‘chalarda havo sovutgichlar ishlab turibdi.

Ramazon, uning qadr kechasi o‘qilgan namoz savobi ming chandon ustun, qilingan duolar ijobat bo‘ladi, deyiladi muqaddas kitoblarda. Zero, bu Qur’oni Karimning ilk oyatidan aynan, Ramazon, aynan, Qadr kechasi ekani bilan izohlanadi.

Allohga shukurki, o‘zbekistonlik ziyoratchilarning asosiy qismi tashkiliy ishlar tufayli Ka’ba sahni maydonidan joy oldilar. Ular shu ulug‘ kecha sharofatidan Allohdan jannatmonand yurtimizga tinchlik farovonlik tiladilar.

Kiritildi: 11:59 02.06.2019. O'qildi: 2560 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!