UFC sobiq chempioni Konor Makgregor 2026 yil 4 iyul kuni Oq uyda o‘tkaziladigan UFC turnirida jang qilishga sha’ma qildi.
Sportchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ushbu turnir haqidagi postni bo‘lishdi va "Makgregor qaytmoqda!" deb izoh qoldirdi.
Ma’lumot uchun, irlandiyalik sobiq chempion so‘nggi marta 2021 yil jang qilgan va o‘shanda oyog‘idan jarohat olib, Dastin Poryega texnik nokaut evaziga mag‘lub bo‘lgan.