Bugun 11 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Makgregor 18 oyga diskvalifikasiya qilindi

Makgregor 18 oyga diskvalifikasiya qilindi

66 kg va 70 kg vazn toifalarida sobiq UFC ikki karra chempioni, 37 yoshli Konor Makgregor antidoping siyosatini buzgani uchun 18 oyga diskvalifikasiya qilindi.

Bu haqda AQSh antidoping agentligi (USADA) matbuot xizmati ma’lum qildi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Makgregor 2024 yilda uch marta qayerda ekanligi haqida ma’lumot bermagan va bu inspektorlarga uning biopsiyasini yig‘ishga to‘sqinlik qilgan. Bu avtomatik ravishda qoidabuzarlik hisoblanadi.

Biroq, Makgregor tergov bilan to‘liq hamkorlik qildi va javobgarlikni tan oldi, shuning uchun standart ikki yillik diskvalifikasiya 18 oygacha qisqartirildi. Shunday ekan, irlandiyalik 2026 yilning 20 martida oktagonga qaytish huquqiga ega bo‘ladi.

Kiritildi: 10:00 08.10.2025. O'qildi: 932 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!