Qonun (O‘RQ–1112-son, 15.01.2026 y.) bilan Jinoyat-ijroiya kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Qonun bilan Jinoyat-ijroiya kodeksiga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan mahkumlarning masofali video-uchrashuvdan foydalanish huquqini belgilashni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, mahkumning o‘z shaxsiy mablag‘lari hisobidan to‘lanadigan, 15 daqiqa davom etadigan 1 marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali so‘zlashish huquqiga egaligi belgilandi.
Ilgari mahkumning faqatgina 15 daqiqa davom etadigan 1 marta telefon orqali so‘zlashish huquqiga egaligi belgilangan edi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.