Magnitogorskda 8 kishini qutqargan o‘zbekistonlik Olamafruz Abdullayev kuni kecha Rossiya Kudo federasiyasi va Chelyabinsk viloyati Kudo federasiyasi prezidentlari tomonidan minnatdorlik xatlari bilan taqdirlandi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qildi.

FOTO : IZ LICHNOGO ARXIVA ABDULLAYEVA ALAMAFRUZA
O‘zimni qahramon deb hisoblamayman - Magnitogorskda 8 kishini qutqargan o‘zbekistonlik
Hujjatda Abdullayevga 2018 yilda Magnitogorsk shahri uchun eng qiyin bo‘lgan vaqtda qahramonlik, jasorat, mehribonlik va rahmdillik ko‘rsatganligi uchun minnatdorlik bildirilgan.
Har bir soniyada o‘z hayotini xavf ostiga qo‘ygan holda qahraton sovuqda 12 soatdan ortiq vaqt davomida beton vayronalar ostidan odamlarni qutqargan. Alan, sen bilan Rossiya fahrlanadi va mamlakatimizning barcha aholisi minnatdorlik bildiradi - deyilgan hujjatda.
Ushbu yorliqlar Abdullayevga Kudo bo‘yicha musobaqaning ochilish marosimida tantanali ravishda topshirildi.
O‘zbekistonlik yigit sakkiz kishiga vayronalar ostidan chiqishga yordam berdi. FVV xodimlariga ko‘maklashdi - vayronalarni tozaladi, yong‘inni o‘chirishga yordam berdi.


Qutqarilgan tojikistonlik Ulfatovning amakisi Baxtiyor Sultonov va O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi vakillari Olamafruzga minnatdorlik bildirishdi.
O‘zbekistonlik yigit esa o‘zini qahramon deb hisoblamaydi.
Abdullayev Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida tug‘ilgan. Termezda kollejni tamomlagan. U O‘zbekiston fuqarosi, kelib chiqishi esa tojik, o‘zbek va tojik tilida erkin so‘zlasha oladi.
Rossiyaga esa sakkiz yil oldin kelgan.
Yigitning yoshi 23da, qurilishda ishlaydi. Bo‘sh vaqtida kudo sport turi bilan shug‘ullanadi. Uning murabbiysi Chelyabinsk viloyati kudo federasiyasi prezidenti Vladimir Ostapchenko.
2018 yil 31 dekabr kuni Rossiyaning Chelyabinsk viloyati Magnitogorsk shahrida maishiy gaz portlashi oqibatida ko‘pqavatli uylarning birining pod’ezdi o‘pirilib tushdi.
Favqulodda holat yuz bergach kasalxonaga zudlik bilan besh nafar jabrlanuvchi yetkazildi.
Oradan bir sutka o‘tgach, bino vayronalari uyumlari ostida 11 oylik bolakay topildi va u Moskvaga evakuasiya qilindi.
Bolakay ahvoli stabil deb baholangan va sog‘lig‘ida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Qutqaruvchilar esa qo‘l mehnati yordamida uyumlarni tekshirishda davom etishmoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu fojiada 39 nafar kishi halok bo‘ldi.