Bugun 22 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

MAGATE rahbari: "Isroil hujumlarni boshlaganida Eron yadroviy bomba yasamayotgan edi"

MAGATE rahbari: "Isroil hujumlarni boshlaganida Eron yadroviy bomba yasamayotgan edi"

Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) rahbari Rafael Grossining ma’lum qilishicha, agentlikda Isroilning harbiy operasiyasi boshlangan paytda Eron yadroviy qurol yaratishni boshlaganiga oid hech qanday dalil yo‘q.

"Bizda Eron yadroviy qurol yaratish bosqichiga o‘tgani haqida hech qanday ishonchli dalil yo‘q...", — dedi janob Grossi La Nacion gazetasiga bergan intervyusida.

Biroq, MAGATE rahbarining ta’kidlashicha, "Eron agentlik bilan bo‘lishi kerak bo‘lgan darajada hamkorlik qilmagan" — u yadro dasturining turli jihatlari bo‘yicha barcha tushuntirishlarni bermagan.

"Eron uranni 60 foizgacha boyitgan dunyodagi yagona davlatdir, bu amalda yadroviy kallakni o‘rnatish uchun zarur bo‘lgan uran-235 harbiy darajasiga (90 foiz) teng", - deya qo‘shimcha qildi janob Grossi.

13 iyunga o‘tar kechasi Isroil Eron yadro qurolini yaratishda sezilarli muvaffaqiyatlarga erishdi, deb hisoblab, unga qarshi operasiya boshladi. Amaliyot yadro inshootlari, harbiy rahbariyat, yadro fiziklari, havo bazalari, havo hujumidan mudofaa tizimlari va “er-er” raketalarini nishonga oldi.

Kiritildi: 11:30 20.06.2025. O'qildi: 1061 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!