Xalqaro Atom Energiyasi Agentligi (MAGATE) Boshqaruvchilar Kengashi chorshanba kuni Eronni yadroviy qurolni tarqatmaslik majburiyatlarini buzgani uchun tanqid qiluvchi rezolyusiyani qabul qildi. Boshqaruvning 34 a’zosidan yigirma uch nafari uni qo‘llab-quvvatladi.
EFE ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya va Xitoy kabi uch mamlakat rezolyusiyaga qarshi ovoz berdi, sakkiztasi esa betaraf qoldi.
Rezolyusiya Vena shahrida Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSh va Fransiya tomonidan taqdim etildi. Unda Erondan MAGATE bilan kafolatlar to‘g‘risidagi bitimni buzganliklarini zudlik bilan bartaraf etish va agentlik bosh direktori Rafael Grossiga o‘zining yadroviy inshootlariga kirish uchun zarur bo‘lgan ruxsatni berish talab qilinadi.