Bu haqda CNN xabar berdi.
Telekanal xabariga ko‘ra, gap 1998 yilda AQSh prezidenti Bill Klinton tomonidan tasdiqlangan 92 yoshli federal sudya Elvin Xellersteyn haqida bormoqda.
U tizimda o‘ttiz yildan ortiq tajribaga ega bo‘lib, ko‘pincha keng jamoatchilik va siyosiy rezonansga ega jarayonlarga jalb qilinadi.
2025 yil bahorida Xellersteyn Tramp ma’muriyatiga Qo‘shma Shtatlardagi Venesuela fuqarolarini deportasiya qilish uchun “Xorijiy dushmanlar to‘g‘risidagi” qonunni qo‘llashni taqiqlagan edi.
Xellershteyn, shuningdek, migrasiya siyosati va milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha Tramp ma’muriyatiga qarshi qarorlar qabul qilgan.
Venesuela prezidentiga qarshi birinchi sud majlisi bugun Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.
Maduroga qarshi ayblovlarning asosiy bandi Qo‘shma Shtatlarga narkotik moddalar yetkazib berish maqsadida “Sinaloa” karteli, “Tren de Aragua” jinoiy guruhi va “Zetas” karteli bilan til biriktirishni nazarda tutadi.