Venesuela prezidenti Nikolas Maduro favqulodda iqtisodiy vaziyat to‘g‘risidagi konstitusiyaviy farmonni imzoladi.
Bu haqda Venezolana de Televisión telekanalining jonli efirida ma’lum qildi.
Venesuela rahbari o‘z qarorini “xalqaro vaziyat va butun dunyo va Venesuelaga qarshi savdo-iqtisodiy urush oqibatlari” bilan asosladi.
"Men iqtisodiy favqulodda holat to‘g‘risidagi farmonni imzolayman, bu menga ikki oy davomida milliy iqtisodiyotni himoya qilish va oldinga siljish uchun turli siyosiy vositalardan foydalanishga imkon beradi", dedi Maduro.
Prezident farmon tasdiqlash uchun respublika Milliy majlisiga (parlamentiga) yuborilishi va Milliy gazetada e’lon qilinganidan keyin kuchga kirishini ma’lum qildi. Favqulodda iqtisodiy vaziyat Venesuelaning butun hududida 60 kunlik muddatga joriy etilgan va uni xuddi shu muddatga uzaytirish huquqiga ega, dedi u.
Eslatib o‘tamiz, 2 aprel kuni AQSh prezidenti Donald Tramp 185 ta davlat va hudud mahsulotlariga bojxona to‘lovlari joriy etilishini ma’lum qilgan edi. 10 foizlik universal tariflar 5 apreldan kuchga kirdi, individual tariflar 9 apreldan boshlanadi.