Bugun 3 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Maduro AQShning xavfsizlik kafolatlari ostidagi barcha imkoniyatlarni qo‘ldan chiqardi

Maduro AQShning xavfsizlik kafolatlari ostidagi barcha imkoniyatlarni qo‘ldan chiqardi

Maduro AQShning xavfsizlik kafolatlari ostida iste’foga chiqish va Venesuelani tark etish bo‘yicha barcha imkoniyatlarni qo‘ldan chiqardi, dedi Donald Tramp.

Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp Venesuela rahbari Nikolas Maduro bilan qisqa telefon suhbati o‘tkazganini tasdiqladi.

"Suhbat davomida Madurodan iste’foga chiqib, o‘z oilasi bilan birga Venesuelani tark etishni talab qildim. Men bu suhbatni yaxshi yoki yomon bo‘ldi deb aytmagan bo‘lardim, bu shunchaki telefon qo‘ng‘irog‘i edi", — deya izoh berdi Tramp.

Avvalroq New York Times gazetasi ikki yetakchi AQShda yuzma-yuz uchrashuv o‘tkazish imkoniyatini muhokama qilgani haqida xabar bergandi.

Telefon qo‘ng‘irog‘i haqidagi ma’lumotlar Tramp ma’muriyati ochiqdan-ochiq dushmanlik pozisiyasini egallab, diplomatiya uchun imkoniyatlar qoldirayotgani fonida paydo bo‘ldi.

Kiritildi: 22:02 02.12.2025. O'qildi: 380 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!