Mamlakat hokumati jurnalistlar va AQSh operasiyasini qo‘llab-quvvatlashning har qanday ko‘rinishlariga qarshi kuch ishlatishga asoslangan kampaniya boshladi, deya yozadi nashr.
Bundan tashqari, Venesuelada favqulodda holat rejimi joriy etildi, qurollangan “kolektivos” guruhlari blok-postlar o‘rnatib, Karakas ko‘chalarida patrullik qilmoqda.
Financial Times ma’lumotlariga ko‘ra, xorijiy ommaviy axborot vositalarining 14 nafar jurnalisti hibsga olingan. Kuch tuzilmalari fuqarolarning telefonlarini tekshirmoqda, Maduroning qo‘lga olinishini qo‘llab-quvvatlovchi har qanday bayonot egasi esa qamoqqa olinishi mumkin.