Venesuela prezidenti Nikolas Maduro AQSh xalqini Janubiy Amerikadagi urushga va Venesueladagi rejimni o‘zgartirish rejalariga qarshi chiqishga chaqirdi.
Venesuela yetakchisining nutqi Venezolana de Televisión telekanali tomonidan namoyish etildi.
"Qo‘shma Shtatlar xalqi kuchli ovozini ko‘tarib, harbiy rejalarga "yo‘q", Janubiy Amerikadagi urushga "yo‘q", Venesueladagi rejim o‘zgarishiga "yo‘q", neft uchun qon to‘kilishiga "yo‘q" deyishi kerak", dedi Maduro.
AQSh ma’muriyati Venesueladagi demokratik respublika rejimini mustamlakachi rejimga almashtirishni rejalashtirmoqda, dedi Maduro. Uning ta’kidlashicha, "bu sodir bo‘lmaydi, chunki bugungi kunda mustamlakachilik davri emas". Venesuela rahbari “davlatlar va xalqlar suverenitetini hurmat qilishni” talab qildi.
Maduroning ta’kidlashicha, Venesuelada xalq hukmron ekan, tinch kelajakka ishonch bor va mamlakat tinchlik va adolat sari qadam tashlashda davom etadi.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Truth Sosial nashrida amerikalik harbiylar Venesuela “ilgari o‘g‘irlangan” neft, yer va boshqa boyliklarini Vashingtonga qaytarib bermagunicha, bu mamlakatdagi faoliyatini kengaytirishini ma’lum qilgandi.