Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Madriddagi Ukraina elchixonasida portlash yuz berdi

Madriddagi Ukraina elchixonasida portlash yuz berdi

Ma’lum bo‘lishicha, elchixonaga yuborilgan xatni ichida qo‘lbola portlovchi modda bo‘lgan. Portlash natijasida bir kishi jarohat olgan.

Ukrainaning Ispaniyadagi elchisi Sergey Pohorelsevning ma’lum qilishicha, elchixona hovlisida kam quvvatli portlovchi moslama ishga tushgan. Moslama pochta orqali yuborilgan paketga joylashtirilgan va shaxsan elchi nomiga yuborilgan.

Shu bilan birga, diplomat, agar uning qo‘l ostidagilari ehtiyotkor bo‘lmaganida, portlash oqibatlari jiddiyroq bo‘lishi mumkin edi, deya ta’kidladi.

Ukrainaning Madriddagi elchisi xavfli paketni kim jo‘natgan bo‘lishi mumkinligi haqida taxmin qilmadi, biroq Ispaniya rasmiylari tergov o‘tkazish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirishga va’da berganligini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: 23:24 30.11.2022. O'qildi: 2906 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!