O‘zbekiston musulmonlar idorasi tasarrufidagi o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari 2023 yil 17 avgust kuni 1-smenada bo‘lib o‘tadi va 09:00 da boshlanadi.
📌 Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan 08:00 dan kechikmagan holda kelishlari so‘raladi.
🔖 Test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma olish tartibi talabgor ta’lim muassasasiga taqdim etgan telefon raqamiga sms xabar tarzida yuborilmoqda (sms xabar kelmagan abituriyentlar hujjat topshirgan ta’lim muassasasiga murojaat qilishlari so‘raladi).
❗️O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan abituriyentlar quyidagi bino va manzilda imtihon topshiradi:
📍“Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy”: Nukus olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi (1-sport zal). Manzil: Nukus shahri Chimboy guzari ko‘chasi 121/1-uy;
📍“Faxriddin ar-Roziy”: Bilim va malakalarni baholash agentligining Xorazm viloyatidagi binosi. Manzil: Urganch tumani, Yuqorido‘rmon qishlog‘i, Yuqoriovul mahallasi;
📍"Xadichai Kubro”: “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasi (atrium-2). Manzil: Toshkent shahri Amir Temur ko‘chasi 107-uy;
📍Mir Arab: Bilim va malakalarni baholash agentligining Buxoro viloyatidagi binosi. Manzil: Buxoro tumani Bog‘idasht MFY;
📍“Hidoya”: Bilim va malakalarni baholash agentligining Namangan viloyatidagi binosi. Manzil: Davlatobod tumani “Yuksalish” MFY Yoshlik ko‘chasi;
📍“Sayyid Muhyiddin maxdum”: Andijon olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi maneji 1-bino. Manzil: Andijon shahri Mustaqillik ko‘chasi 1-uy;
📍“Xoja Buxoriy”: Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi maneji-1. Manzil: Qarshi shahri Mustaqillik shoh ko‘chasi 13-uy;
📍“Jo‘ybori Kalon”: “Yoshlik” sport majmuasi basketbol 1-sport zali. Manzil: Buxoro shahri Piridastgir ko‘chasi 9/1-uy;
Semurg‘ sport majmuasi. Buxoro shahri Piridastgir ko‘chasi 9/3-uy
📍“Ko‘kaldosh”: “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasi (4-pavilon). Manzil: Toshkent shahri Amir Temur ko‘chasi 107-uy;
📍"Imom Termiziy": Sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi. Manzil: Termiz shahri A.Navoiy ko‘chasi 43-“B” uy.