Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Madaniyat vazirligi Toshkentda SSSR bayrog‘i ko‘tarilgani yuzasidan javobgarlikni zimmasiga olmasligini ma’lum qildi

Madaniyat vazirligi Toshkentda SSSR bayrog‘i ko‘tarilgani yuzasidan javobgarlikni zimmasiga olmasligini ma’lum qildi

1 may kuni “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyining old tomonida “Xor tureskogo i soprano”  jamoasi tomonidan “G‘alaba qo‘shiqlari” kuylanib, konsert dasturi namoyish etilgan. Tadbir davomida tomoshabinlar orasida kimlarningdir qizil bayroq ko‘targani holati aks etgan suratlar keng tarqalib, ijtimoiy tarmoqlarda keskin muhokamalarga sabab bo‘lgan. 

Madaniyat vazirligi axborot xizmati ma’lum qilishicha, vazirlik ushbu konsert dasturining O‘zbekistonda o‘tkazilishida hamkor hisoblanib, faqat sahnadagi jarayonlarga javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan.  

«Lekin bugun har birimiz milliyligimiz, tilimiz, madaniyatimiz, urf-odat va an’analarimiz targ‘iboti yo‘lida xizmat qilar ekanmiz, buni keng ommaga majburlab yoki keskin tanqid ruhida emas, balki o‘zimiz namuna ko‘rsatgan holda yetkazishimiz lozim deb bilamiz. Bunga shu yurtning har bir farzandini mas’ul deb hisoblaymiz», — deyiladi xabarda.

Kiritildi: 11:08 04.05.2021. O'qildi: 2586 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!