Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Machadoning qizi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotini oladi

Machadoning qizi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotini oladi

Tinchlik bo‘yicha 2025 yilgi Nobel mukofoti laureati, venesuelalik Mariya Korina Machado bugun Norvegiyada bo‘lib o‘tadigan mukofotni topshirish marosimida qatnasha olmaydi.

Bu haqda Nobel institutiga tayanib, NRK telekanali xabar berdi.

“Afsuski, u Mariya Korina Machado hozir Norvegiyada emas va marosim boshlanganda soat 13:00 da Oslo meriyasida sahnaga chiqmaydi”, dedi institut rahbari Kristian Berg Xarpviken.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Machadoning qizi o‘z o‘rniga mukofotni qabul qiladi, shuningdek, laureat nutqini ham aytadi.

Seshanba kuni tushdan keyin Nobel mukofoti sovrindorlari uchun matbuot anjumani o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi, biroq u bekor qilindi.

Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donald Tramp ham tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod bo‘lgan edi.

Kiritildi: Bugun 15:55. O'qildi: 324 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!