Bugun 24 may, 2025 yil, shanba

КИР

Lyublyanadagi Kongress maydonida O‘zbekiston Prezidenti tantanali kutib olindi

Lyublyanadagi Kongress maydonida O‘zbekiston Prezidenti tantanali kutib olindi

Lyublyanadagi Kongress maydonida O‘zbekiston Prezidenti tantanali kutib olindi

Bugun Lyublyanadagi Kongress maydonida Sloveniya Respublikasiga rasmiy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbarini Sloveniya Prezidenti Natasha Pirs Musar samimiy kutib oldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saflandi. Harbiy orkestr O‘zbekiston va Sloveniya davlat madhiyalarini ijro etdi.

Ikki mamlakat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegasiyalar a’zolari bilan salomlashdilar.

Rasmiy marosimdan so‘ng "Zvezda" bog‘ida urush qurbonlari xotirasiga hurmat hamda tinchlik va insonparvarlik g‘oyalariga sadoqat ramzi sifatida Barcha urushlar qurbonlari yodgorligiga gul qo‘yildi.

Kiritildi: 15:41 22.05.2025. O'qildi: 508 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!