Bugun 31 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

Luvrdagi o‘g‘rilik ishi bo‘yicha yana bir shaxs qo‘lga olindi

Luvrdagi o‘g‘rilik ishi bo‘yicha yana bir shaxs qo‘lga olindi

Luvr muzeyidagi Apollon galereyasidan imperatorlik zargarlik buyumlarini o‘g‘irlash ishi bo‘yicha to‘rt nafar gumonlanuvchidan uchinchisi qo‘lga olindi. Bu haqda BFMTV xabar berdi.

Qayd etilishicha, erkak “Luvr komandosi” deb ataluvchi guruh a’zosi bo‘lishi mumkin va u talonchilikda bevosita ishtirok etgan, deb taxmin qilinmoqda. Uni so‘roq qilingan, ikki nafar hamrohi esa bir kun avval rasman ayblanib, hibsga olingan.

“La Chaîne Info” telekanali kecha, 29 oktyabr kuni ushbu ish doirasida to‘rt kishi hibsga olinganini xabar qilgan bo‘lsa, RTL kanali yana besh nafar yangi gumonlanuvchi qo‘lga olinganini ma’lum qilgan.

Parij prokurori Lor Bekkoning ma’lum qilishicha, polisiya talonchilarga muzey xodimlaridan biri yordam bergan bo‘lishi mumkinligini ham tekshirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 oktyabr kuni ish vaqti davomida niqob kiygan jinoyatchilar Luvrga kirib, imperatorlik kolleksiyasiga mansub to‘qqizta eksponatni, jumladan, Napoleon va uning rafiqasi Jozefinaga tegishli zargarlik buyumlarini o‘g‘irlagan edi. O‘g‘rilikdan yetgan zarar 88 million yevroga baholangandi.

Bir hafta o‘tib, Luvrdan zargarlik buyumlarini o‘g‘irlashda gumon qilinayotgan to‘rt kishidan ikki nafari qo‘lga olingan. Ulardan biri Parijdagi Ruassi – Sharl-de-Goll aeroportida, Jazoirga uchadigan samolyotga chiqish paytida hibsga olingan. Ikkinchisi esa Sena-Sen-Deni departamentida qo‘lga olingan.

Parij prokuraturasi gumondorlarning qo‘lga olinganini tasdiqlagan. Lor Bekko, shuningdek, polisiya kuzatuv kameralaridan foydalangan holda, jinoyatchilarning ikki skuterdagi harakat yo‘lini aniqlashga muvaffaq bo‘lganini bildirgan edi.

Kiritildi: Bugun 01:14. O'qildi: 363 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!