Bugun 6 noyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Luvrdagi o‘g‘rilik ishi bo‘yicha gumonlanuvchilardan biri ozod etildi

Luvrdagi o‘g‘rilik ishi bo‘yicha gumonlanuvchilardan biri ozod etildi

Luvrdagi o‘g‘rilik ishi bo‘yicha gumonlanuvchilardan biriga ayblov qo‘yildi, yana biri ozod etildi, deb xabar bermoqda BBC

"38 yoshli gumonlanuvchi ayol sudga olib kelindi. Ma’lum bo‘lishicha, u Parij shimolidagi La-Kurnev shaharchasida yashaydi. Gumonlanuvchiga “jinoiy til biriktirishda ishtirok etganlik” aybi qo‘yilgan va sudya unga nisbatan ehtiyot chorasi belgilashi kerak", deya xabar bermoqda nashr.

Fransuz ommaviy axborot vositalarining yozishicha, bu ayol o‘tgan haftada Luvrdan qimmatbaho eksponatlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha hibsga olingan besh nafar yangi gumonlanuvchidan biridir. Ushbu guruhdagi yana bir gumonlanuvchi esa ayblov qo‘yilmasdan ozod etilgan.

Avvalroq tergov doirasida umumiy hisobda 7 kishi hibsga olingani xabar qilingan edi.

Kiritildi: 22:55 01.11.2025. O'qildi: 862 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!