Buyuk Britaniya Rossiyaning "Lukoyl" kompaniyasining Bolgariyadagi sho‘’ba korxonalariga mamlakatda faoliyat yuritish imkonini beruvchi bosh lisenziyani 2026 yil 14 fevralgacha uzaytirdi.
Bu haqda Buyuk Britaniya g‘aznachiligining moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash boshqarmasi ma’lum qildi.
Lisenziya qo‘shimcha ravishda Lukoil Aviation Bulgaria va Lukoil Bunker Bulgariaga ham uzaytirildi. Avvalroq, 14 noyabr kuni Lukoil Bulgaria va Lukoil Neftochim Burgas kompaniyalariga ham shunday imtiyozlar berilgan edi.
Buyuk Britaniya g‘aznachiligining ta’kidlashicha, vaqtinchalik lisenziyalar "Lukoyl"ning Bolgariyadagi sho‘’ba korxonalariga Rossiya kompaniyasiga nisbatan kiritilgan sanksiyalarga qaramay, Buyuk Britaniyada faoliyatini davom ettirish imkonini beradi.