Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Belarusda «Oreshnik» majmuasi uchun uchirgich moslamasi ishlab chiqarilishini, uning uchun raketalar esa Rossiya tomonidan 2025 yilning ikkinchi yarmida yetkazib berilishini ma’lum qildi.
«Oreshnik»ning butun uchirgich moslamasi belaruscha. Faqat raketadan tashqari. Mahalliylashtirish darajasi juda yuqori. Men unga (Rossiya prezidentiga) shunday dedim: «Biz raketa masalasini ko‘tarmayapmiz. Agar kerak bo‘lsa, birgalikda yaratamiz, bu borada bizda yetarli tajriba bor, atom elektr stansiyasidagi kabi yordam beramiz. Uchirgich qurilmasini esa biz ishlab chiqaramiz - buni MZKT (Minsk g‘ildirakli tortuvchi mashinalar zavodi) bajaradi. U bundan ham murakkab ishlarni amalga oshiradi. Shuning uchun keling, birgalikda harakat qilaylik,» - dedi Lukashenko. BelTA undan iqtibos keltiradi.
«Biz uni hech qachon noldan boshlab raketaga qadar yarata olmagan bo‘lardik. Bu juda katta mablag‘ va texnologiyalarni talab qiladi. Bu ko‘p avlodlar mehnati natijasi. Shuning uchun shunday masala qo‘yildi va Vladimir Vladimirovichga rahmat, - u bunga rozilik bildirdi,» - deb ta’kidladi Lukashenko.