Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko va AQSh prezidenti Donald Tramp o‘rtasida shaxsiy uchrashuv tashkil etish uchun Minsk tomonidan choralar ko‘rilmoqda. Bu haqda Belarus tashqi ishlar vaziri Maksim Rijenkov RIA Novostiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp avvalroq Lukashenkoni AQShga taklif qilgan. Biroq Yevropa Ittifoqi sanksiyalari tufayli safar amalga oshmagan. Diplomatning ta’kidlashicha, Yevropa havo hududi yopiqligi sababli AQShga uchish uchun aylanma yo‘nalishdan foydalanishga to‘g‘ri keladi va bu hozir texnik jihatdan juda murakkab.
Lukashenko avvalroq AQSh prezidenti bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot Vashington bilan munosabatlarni yaxshilashga yordam berishini aytgan.