Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Lukashenko: "Tramp OAVda shou uyushtiryapti"

A A A
Lukashenko: "Tramp OAVda shou uyushtiryapti"

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Oq uyning yangi rahbari Donald Trampning Kanada va Grenlandiyaning AQShga qo‘shilishi haqidagi bayonotlarini OAVda rezonans yaratishga urinish deb atadi.

Bu haqda Lukashenko Minsk avtomobil zavodi xodimlari bilan suhbat chog‘ida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "bu hech qachon amalga oshirilmaydigan soxta bayonotlar".

"Hammasi ommaviy axborot vositalari uchun - shou. Va ertaga u chiqib: "Agar Kanada 51-davlat bo‘lmasa, men unga yadroviy bomba tashlayman" deydi. Yoki boshqa narsa. U buni qiladimi - yo‘q! Yoki "Men Grenlandiyani olaman", deydi. Allaqachon u yerda sizning qurolli kuchlaringiz bor. Siz u yerda xohlagan narsani qilishingiz mumkin. Hech bir Daniya aslida Grenlandiyani boshqara olmaydi" - dedi u.

Belarus prezidentining fikricha, Qo‘shma Shtatlar shunday siyosat yuritishi kerakki, “na kanadaliklar, na meksikaliklar ularga qaramasinlar”.

Lukashenkoning qo‘shimcha qilishicha, siyosat jiddiy bo‘lishi kerak va bunday “soxtalar mamlakatga ishonchni oshirmaydi”.

Kiritildi: 18:06 21.01.2025. O'qildi: 1703 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!