Bugun 14 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Lukashenko qaynoq boshlar haqida gapirdi

Lukashenko qaynoq boshlar haqida gapirdi

G‘arb mamlakatlaridagi "qaynoq boshlar" "Rossiyaning yadroviy doktrinasi yangilanishi munosabati bilan signallarni eshitdilar, bu ularning hovurini sovitadi." Bu haqda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko jurnalist Pavel Zarubinga bergan izohida ma’lum qildi.

"Qaynoq boshlar bu signallarni allaqachon eshitishgan, yangilanishdan oldin... Agar ular eshitmaganlarida, ehtimol, bizni, ayniqsa, Rossiyani uzoq masofaga uchuvchi raketalar bilan bombardimon qilishardi. Bu esa, ehtimol, ularning hovurini sovitadi," - dedi u.

Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, "yadroviy doktrinani yangilash kerak edi." Uning aytishicha, taxminan besh yil oldin "biz bu masalaga yondashganmiz."

25 sentyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya yadroviy doktrinasiga "zamonaviy voqelikka moslashtirish" orqali o‘zgartirishlar kiritishni taklif qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, "doktrinaning yangilangan tahririda yadro quroliga ega bo‘lmagan davlat tomonidan, ammo yadro quroliga ega davlat ko‘magida yoki ishtirokida Rossiyaga qarshi tajovuz qo‘shma hujum sifatida qaraladi."

Kiritildi: 19:00 13.10.2024. O'qildi: 718 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!