Bugun 16 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Lukashenko qachon iste’foga chiqishi aytildi

Lukashenko qachon iste’foga chiqishi aytildi

Belarusdagi norozilik namoyishlari uch yil ichida Aleksandr Lukashenkoning mamlakat prezidentligidan ketishi bilan tugaydi. Bu haqda siyosatshunos Marat Bashirov "Komsomolskaya Pravda"ga ma’lum qildi.

Uning fikriga ko‘ra, Lukashenko Minskdagi namoyishchilarni mamlakatda vaziyat o‘zgarishi to‘g‘risida signallar bilan zararsizlantirdi, natijada mojarodagi keskinlik biroz yumshadi.

Siyosatshunos Lukashenkoga uning saylovdagi raqibi Svetlana Tixanovskaya tomonidan qo‘yilgan ultimatumni xalqning ultimatumi emas, balki G‘arbda uning orqasida turgan odamlarning ultimatumi deb atadi. U shuningdek, namoyishchilar soni bo‘yicha faqat muxolifatdagi telegram kanallariga ishonmaslikka chaqirdi.

«Ammo bu yerda asosiy narsa — keskin harakatlarga rozi bo‘lganlarning soni. Agar qon to‘kilmasa, u holda Tixanovskayaning ultimatumi shunchaki arzimas bo‘ladi», — dedi Bashirov.

U qon to‘kilmaydi, degan fikrni bildirdi, chunki Lukashenko o‘zini provakatorlar uchun juda muhim bo‘lgan aloqani uzishga o‘rgatgan. Siyosatshunosning taxmin qilishicha, Lukashenko uch yildan keyin hokimiyatdan voz kechadi va Belarusdagi norozilik namoyishlari tugaydi.

Kiritildi: 15:12 26.10.2020. O'qildi: 4661 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!