Bugun 30 may, 2026 yil, shanba

КИР

Lukashenko Makronga Putinga qo‘ng‘iroq qilib, u bilan “erkakchasiga” gaplashib olishni taklif qildi

Lukashenko Makronga Putinga qo‘ng‘iroq qilib, u bilan “erkakchasiga” gaplashib olishni taklif qildi

Aleksandr Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, u buni Fransiya prezidenti bilan telefon orqali suhbatda ma’lum qilgan.

"Men Emmanuel Makronga Moskvaga borish siz uchun unchalik to‘g‘ri kelmas, balki Minskka kelarsiz, u yerda biz sizni Vladimir Vladimirovich bilan birga kutib olamiz va sizlar “erkakchasiga” gaplashib olishingiz mumkin deb aytdim", — dedi Belarus prezidenti.

Shuningdek, Lukashenko Makronga Belarus yadroviy qurolni faqat o‘ziga tajovuz sodir bo‘lgan taqdirdagina qo‘llashini va mavjud muammolarni muhokama qilish uchun keyingi haftada uning ishonchli vakilini qabul qilishga roziligini bildirgan.

Avvalroq, Makron va Lukashenko telefon orqali muloqot qilgani, suhbat Fransiya tomonining tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgani xabar qilingandi.

Kiritildi: Bugun 13:32. O'qildi: 310 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!