Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ko‘proq daromad topishni istagan o‘zbekistonliklarga Rossiyada ishlashni tavsiya qildi.
Uning aytishicha, Rossiyada neft konlari va boshqa sohalarda yuqori maoshli ishlar bor, Belarusga esa asosan qishloq xo‘jaligi sohasida mehnat qilish uchun kelganlar ish haqini ish unumdorligiga qarab oladi.
Bu bayonot Andijondan Belarusga ishlash uchun ketgan ayrim o‘zbekistonliklarning maosh kamligidan noroziligi ortidan yangradi.