Bugun 31 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Lukashenko: Belarus harbiylari Ukraina hududida bo‘lmagan va bo‘lmaydi

Lukashenko: Belarus harbiylari Ukraina hududida bo‘lmagan va bo‘lmaydi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakat harbiylari Ukraina hududida bo‘lmagani va bundan keyin ham bo‘lmasligini ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Belarus Qurolli kuchlari Ukrainadagi harbiy harakatlarda ishtirok etmagan va kelajakda ham ishtirok etmaydi.

Shu bilan birga, Lukashenko agar Belarus hududiga tashqi tomondan harbiy hujum amalga oshirilsa, vaziyat keskin o‘zgarishi mumkinligini qayd etdi.

«Agar Belarus hududiga biror joydan harbiy hujum amalga oshirilsa, Ukraina hududidagi urush mutlaqo boshqacha tus oladi», — dedi u.

Lukashenkoning bayonoti Minskning Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etishi haqidagi bahslar fonida yangradi.

Kiritildi: Bugun 21:12. O'qildi: 151 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!