Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

Lukashenko 8 ming mahkumga amnistiya qo‘llash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Lukashenko 8 ming mahkumga amnistiya qo‘llash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Aleksandr Lukashenko Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Belarus prezidenti matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, qonun qariyb 8 ming mahkumga ta’sir ko‘rsatadi.

«Buyuk G‘alaba bayrami arafasida ushbu qonunning qabul qilinishi – aybdor shaxslarni ijtimoiy hayotga qaytarishga intilayotgan Belarus jamiyatida insonparvarlik namoyon bo‘layotganidan dalolatdir», — deyiladi xabarda.

Amnistiya ta’sir qiladigan mahkumlar jazodan va boshqa jinoiy javobgarlik choralaridan ozod etiladi. Katta ijtimoiy xavf tug‘dirmaydigan yoki unchalik og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar uchun jazo yengillashtirilishi mumkin.

Amnistiya yetkazilgan zarar yoki talafotni to‘liq qoplagan va jazo muddati davomida ijobiy tavsiyanoma olgan shaxslarga nisbatan qo‘llanadi.

Shuningdek, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ekstremistik yo‘nalishdagi jinoyatlar uchun qamalgan 42 mahkumni afv etdi. Ularning 13 nafari surunkali kasallikka ega, bir nafari nogiron. Mahkumlarning 24 nafarining voyaga yetmagan farzandi bor.

Kiritildi: 11:30 08.05.2025. O'qildi: 477 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!